Urogenekologiya siydik tuta olmaslik va prolaps
Urogenekologiya — ayollarda siydik tuta olmaslik va kichik tos a'zolari tushishini (prolaps) davolaydigan yo'nalish. Relax Med klinikasida Dr. Odil Ismati konsultatsiya, kichik tos UZI, urodinamik tekshiruv va sistoskopiya o'tkazadi; stress siydik tuta olmaslikda TVT/TOT operatsiyasi 4–8 mln so'm.
Yo'tal, aksirish yoki kulganda siydik chiqib ketishi, qinda og'irlik va “nimadir tushayotgandek” hissi — ko'p ayollar buni yosh yoki tug'ruqning odatiy oqibati deb, shifokorga murojaat qilmaydi. Aslida bu holatlar davolanadi.
Avval aniq tashxis qo'yiladi: ko'rik, UZI va kerak bo'lsa urodinamik tekshiruv. Shundan so'ng eng kam invaziv va samarali usul tanlanadi.
Kimlarga mos
Yo'tal, aksirish, jismoniy yuklamada siydik chiqib ketishi
Qin devorlari va bachadon tushishi (prolaps)
Tez-tez siyish, siydik pufagi to'liq bo'shamasligi hissi
Qanday o'tadi
- 01
Konsultatsiya va kreslodagi ko'rik
- 02
Kichik tos UZI, kerak bo'lsa urodinamika yoki sistoskopiya
- 03
Davolash rejasi
- 04
Operatsiya yoki konservativ davo
Reabilitatsiya
TVT/TOT dan keyin odatda 1 kunda uyga
4–6 hafta og'ir yuk va jinsiy hayotdan saqlanish
Nazorat ko'riklari
Narxlar — Urogenekologiya
Narxlar taxminiy. Aniq narx konsultatsiya va tekshiruvdan keyin aytiladi.
Ko'p beriladigan savollar
Siydik tuta olmaslik tug'ruqdan keyin o'tib ketadimi?
Ba'zan yengil holatlar mashqlar bilan yaxshilanadi, lekin ko'p hollarda davolash kerak. Ko'rikdan o'tib, sababini aniqlash muhim.
TVT/TOT operatsiyasi qancha davom etadi?
Odatda 30–60 daqiqa, kesmalar juda kichik.
Yozib qoldiring — qo'ng'iroq qilamiz
Birlamchi konsultatsiya — 150 000 so'm. Ism va telefon qoldiring, operator siz bilan bog'lanadi.

