Plastik va estetik jarrohlik

Abdominoplastika qorin plastikasi

Abdominoplastika — qorindagi ortiqcha teri va yog'ni olib tashlab, ajralgan to'g'ri mushaklarni (diastaz) tikadigan operatsiya. Tug'ruq va ko'p ozishdan keyin qorinni tiklashning eng samarali usuli. Samarqanddagi Relax Med klinikasida narxi 12–24 mln so'm.

Davomiyligi2–4 soatOg'riqsizlantirishUmumiy narkozStatsionar1–3 kunTiklanish3–4 hafta
Abdominoplastika
Abdominoplastika12–24 mln so'm
qorin plastikasi

Tug'ruqdan yoki katta vazn yo'qotishdan keyin qorin terisi cho'zilib qoladi, “fartuk” hosil bo'ladi, mushaklar ajraladi. Bunday holatda sport va parhez yordam bermaydi — ortiqcha teri o'z-o'zidan qisqarmaydi.

Operatsiyada kesma pastki qorinda, ich kiyim ostida yashiriladigan chiziq bo'ylab qilinadi. Ko'pincha natijani kuchaytirish uchun liposaksiya bilan birga bajariladi.

Kimlarga mos

  • Tug'ruqdan keyin qorin terisi osilgan

  • Katta vazn yo'qotgandan keyin ortiqcha teri

  • To'g'ri mushaklar diastazi

  • Kesar kesish chandig'ini ham tuzatish kerak bo'lsa

Do / Posle

Natijalar: Abdominoplastika

Tana
Tana
Tana
Tana
Tana

Qanday o'tadi

  1. 01

    Konsultatsiya va tekshiruvlar

  2. 02

    Operatsiya — 2–4 soat, umumiy narkoz

  3. 03

    Statsionarda 1–3 kun

  4. 04

    Kompression ich kiyim

Reabilitatsiya

  • Kompression ich kiyim 6–8 hafta

  • Birinchi haftalarda biroz egilgan holda yurish — bu normal

  • Og'ir yuk va sport 6–8 haftadan keyin

  • Chandiq 6–12 oy davomida oqaradi

Narxlar — Abdominoplastika

Abdominoplastika12–24 mln so'm

Narxlar taxminiy. Aniq narx konsultatsiya va tekshiruvdan keyin aytiladi.

Ko'p beriladigan savollar

Keyin yana homilador bo'lish mumkinmi?

Mumkin, lekin homiladorlik natijani buzishi mumkin. Shuning uchun operatsiyani farzand rejasi tugagach qilish tavsiya etiladi.

Chandiq qayerda bo'ladi?

Pastki qorinda, ich kiyim yoki suzish kiyimi bilan yopiladigan joyda.

Konsultatsiya

Yozib qoldiring — qo'ng'iroq qilamiz

Birlamchi konsultatsiya — 150 000 so'm. Ism va telefon qoldiring, operator siz bilan bog'lanadi.

Ma'lumotlaringiz faqat klinika operatoriga yuboriladi.

Qo'ng'iroq qilishYozilish