Savol-javob

Operatsiyalar bo'yicha eng ko'p beriladigan savollarga javoblar.

Blefaroplastika

Blefaroplastikadan keyin chandiq qoladimi?

Kesma qovoqning tabiiy burmasi yoki kiprik chizig'i bo'ylab qilinadi. Bitib bo'lgach chandiq ingichka chiziq bo'lib qoladi va odatda ko'zga tashlanmaydi.

Ishga qachon qaytish mumkin?

Ko'pchilik bemorlar 7–10 kundan keyin, choklar olinib, asosiy shish qaytgach ishga chiqadi.

Natija qancha vaqt saqlanadi?

Olib tashlangan ortiqcha teri va yog' qayta tiklanmaydi, shuning uchun natija uzoq yillar saqlanadi. Tabiiy qarish jarayoni esa davom etadi.

Yuqori va pastki qovoqni birga qilsa bo'ladimi?

Ha, bu aylana blefaroplastika deyiladi. Bitta operatsiya va bitta reabilitatsiya davri — narxi 5–8 mln so'm.

Yuz va bo'yin liftingi (SMAS)

Yuz “tortilgan” bo'lib qolmaydimi?

SMAS-liftingda teri emas, chuqur qatlam tortiladi. Shu sababli mimika saqlanadi va yuz tabiiy ko'rinadi.

Natija necha yil saqlanadi?

Odatda natija ko'p yillar saqlanadi; aniq muddat yosh, teri holati va turmush tarziga bog'liq.

Blefaroplastika bilan birga qilsa bo'ladimi?

Ha, ko'pincha yuz liftingi blefaroplastika bilan bitta operatsiyada bajariladi. Imkoniyatni doktor konsultatsiyada aniqlaydi.

Otoplastika

Natija umrbod saqlanadimi?

Otoplastika odatda bir marta qilinadi va natija uzoq yillar barqaror saqlanadi.

Bolalarga qachondan qilish mumkin?

Quloq tog'ayi taxminan 6 yoshda shakllanib bo'ladi, shundan keyin operatsiya qilish mumkin.

Ko'krak plastikasi

Implant bilan emizish mumkinmi?

Ko'p hollarda ha — implant sut bezi ostiga yoki mushak ostiga qo'yiladi. Rejangizni konsultatsiyada doktorga ayting.

Narx nimaga bog'liq?

Operatsiya turi, implant markasi, operatsiya hajmi va statsionar kunlariga. Aniq narx konsultatsiyadan keyin aytiladi.

Abdominoplastika bilan birga qilsa bo'ladimi?

Ha, tug'ruqdan keyin ko'krak va qorin ko'pincha bitta operatsiyada tiklanadi. Imkoniyat sog'liq holatiga qarab belgilanadi.

Abdominoplastika

Keyin yana homilador bo'lish mumkinmi?

Mumkin, lekin homiladorlik natijani buzishi mumkin. Shuning uchun operatsiyani farzand rejasi tugagach qilish tavsiya etiladi.

Chandiq qayerda bo'ladi?

Pastki qorinda, ich kiyim yoki suzish kiyimi bilan yopiladigan joyda.

Liposaksiya va lipofilling

Yog' qaytib keladimi?

Olib tashlangan yog' hujayralari qayta tiklanmaydi. Ammo vazn ko'p ortsa, qolgan hujayralar kattalashishi mumkin.

Necha kilogramm yo'qotaman?

Liposaksiya vazn emas, hajm va konturni o'zgartiradi. Natija santimetrlarda va shaklda ko'rinadi.

Intim plastika

Konsultatsiya konfidensialmi?

Ha. Ariza ma'lumotlari faqat klinika operatoriga yuboriladi va hech qayerda ochiq saqlanmaydi.

Choklarni olish kerakmi?

Yo'q, so'riladigan iplar ishlatiladi.

Urogenekologiya

Siydik tuta olmaslik tug'ruqdan keyin o'tib ketadimi?

Ba'zan yengil holatlar mashqlar bilan yaxshilanadi, lekin ko'p hollarda davolash kerak. Ko'rikdan o'tib, sababini aniqlash muhim.

TVT/TOT operatsiyasi qancha davom etadi?

Odatda 30–60 daqiqa, kesmalar juda kichik.

Flebologiya

EVLK og'riqlimi?

Muolaja mahalliy og'riqsizlantirish ostida o'tadi; keyin yengil tortishish hissi bir necha kun bo'lishi mumkin.

Varikoz qaytadimi?

Davolangan vena qayta tiklanmaydi, ammo boshqa venalarda kasallik rivojlanishi mumkin. Shuning uchun yilda bir marta UZDS tavsiya etiladi.

Umumiy jarrohlik

Lipomani olib tashlash shartmi?

Lipoma yaxshi sifatli hosila, lekin kattalashsa, xalaqit bersa yoki tashxis aniq bo'lmasa olib tashlash tavsiya etiladi.

Uyga chaqirish mumkinmi?

Ha, bog'lov va ko'rik uchun jarrohni uyga chaqirish xizmati bor — 500 000 so'm.

Laparoskopik urologiya

Laparoskopiyadan keyin qancha yotiladi?

Operatsiya turiga qarab odatda 1–5 kun.

Konsultatsiya

Yozib qoldiring — qo'ng'iroq qilamiz

Birlamchi konsultatsiya — 150 000 so'm. Ism va telefon qoldiring, operator siz bilan bog'lanadi.

Ma'lumotlaringiz faqat klinika operatoriga yuboriladi.

Qo'ng'iroq qilishYozilish