Plastik va estetik jarrohlik

Liposaksiya va lipofilling tana konturini shakllantirish

Liposaksiya — kanyulalar orqali mahalliy yog' to'plamlarini so'rib olish operatsiyasi; lipofilling esa olingan yog'ni hajm kerak bo'lgan joyga ko'chirish. Samarqanddagi Relax Med klinikasida 1–2 zona liposaksiya 2–4 mln so'm. Liposaksiya vazn yo'qotish usuli emas — u tana konturini shakllantiradi.

Davomiyligi1–3 soatOg'riqsizlantirishNarkoz yoki spinalStatsionar0–1 kunTiklanish1–2 hafta
Liposaksiya va lipofilling
Liposaksiya (1–2 zona)2–4 mln so'm
tana konturini shakllantirish

Ba'zi joylarda — qorin, bel yon tomonlari, son, qo'l, iyak ostida — yog' parhez va sportga qaramay ketmaydi. Liposaksiya shu “qaysar” qatlamlarni olib tashlab, tana chiziqlarini aniq qiladi.

Kesmalar bir necha millimetrli, shuning uchun deyarli iz qolmaydi. Olingan yog' lipofilling uchun ishlatilishi mumkin: yuzga, dumbaga yoki boshqa sohalarga hajm berish uchun.

Kimlarga mos

  • Mahalliy yog' to'plamlari (qorin, bel, son, qo'l, iyak osti)

  • Vazni normaga yaqin, lekin kontur yoqmayotganlar

  • Erkaklarda qorin va bel sohasi

  • Hajm qo'shish kerak bo'lgan sohalar (lipofilling)

Do / Posle

Natijalar: Liposaksiya va lipofilling

Tana
Tana
Tana
Tana
Tana

Qanday o'tadi

  1. 01

    Konsultatsiya, zonalarni belgilash

  2. 02

    Operatsiya — 1–3 soat

  3. 03

    Shu kuni yoki ertasiga uyga

  4. 04

    Darhol kompression kiyim

Reabilitatsiya

  • Kompression kiyim 4–6 hafta

  • Ko'karish va shish 2–3 haftada kamayadi

  • Yengil yurish birinchi kundan, sport 3–4 haftadan keyin

  • Yakuniy natija 3–6 oyda

Narxlar — Liposaksiya va lipofilling

Liposaksiya (1–2 zona)2–4 mln so'm
Lipofillingkonsultatsiyada

Narxlar taxminiy. Aniq narx konsultatsiya va tekshiruvdan keyin aytiladi.

Ko'p beriladigan savollar

Yog' qaytib keladimi?

Olib tashlangan yog' hujayralari qayta tiklanmaydi. Ammo vazn ko'p ortsa, qolgan hujayralar kattalashishi mumkin.

Necha kilogramm yo'qotaman?

Liposaksiya vazn emas, hajm va konturni o'zgartiradi. Natija santimetrlarda va shaklda ko'rinadi.

Konsultatsiya

Yozib qoldiring — qo'ng'iroq qilamiz

Birlamchi konsultatsiya — 150 000 so'm. Ism va telefon qoldiring, operator siz bilan bog'lanadi.

Ma'lumotlaringiz faqat klinika operatoriga yuboriladi.

Qo'ng'iroq qilishYozilish